#yetakchi
#oromgoh
Yetakchilar oromgohi muvaffaqiyatli yakunlandi

Toshkent viloyati, Yoshlar oromgohida 250 nafar faol yoshlar yetakchisi uchun maxsus dastur tashkil etildi. Oromgoh davomida yoshlar liderlik ko'nikmalarini rivojlantirish, jamoa bilan ishlash va loyiha boshqaruvi bo'yicha treninglar o'tkazildi.
Dastur davomida ishtirokchilar turli yo'nalishlarda bilim va tajriba almashdilar. Oromgoh yakunida eng faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


